Xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022-yilda qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratiladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022-yilda qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratiladi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari 2022-yilda mazkur dastur doirasida ajratilayotgan mablag‘larning jami 4 trillion so‘m qismi tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarga yo‘naltirilishini ta’minlanadi.

Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uch oy muddatda xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlarining 300 million AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resurslari jalb etilishini ta’minlaydi.

Hamda, 2022-yil 1-apreldan boshlab, tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshiriladi. “Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtirilad