Yandeks - Google’ning ruscha versiyasi o‘z qarzlarini to‘lay olmasligi ta'kidlamoqda

Rossiyaning eng yirik qidiruv tizimi Ukrainaga bostirib kirishdan kelib chiqgan moliyaviy talofatlar kengayib borayotgani sababli kasotga uchrashi mumkin.

Rossiyada internet-qidiruv trafigining qariyb 60 foizini boshqaradigan va yirik taksi biznesi bilan shug'ullanuvchi Yandex (YNDX) payshanba kuni G'arbning misli ko'rilmagan sanksiyalari sabab bo'lgan moliyaviy bozor inqirozi tufayli qarzlarini to'lay olmasligi mumkinligini e'lon qildi.

Kompaniya qarorgohi Niderlandiyada bo’lsa-da, uning aksiyalari Nasdaq va Rossiya fond birjasida joylashgan. Bosqindan keyin Moskva va butun dunyo bo'ylab Rossiya aktivlarining qiymati pasayganligi sababli birjalar bilan savdo qilish shu hafta to'xtatildi. O'tgan hafta oxirida AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa yirik G'arb iqtisodlari tomonidan sanksiyalar joriy etilishi bosimni oshirib yubordi.

P.S: Yandex AQSH va G’arb davlatlarining sanksiyalariga uchramagan.