Yangi Oʼzbekiston universitetida ilk o‘quv yiliga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tdi

Bu yilgi imtihon natijalariga koʼra, universitetga 200 nafar talaba qabul qilindi.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi Oʼzbekiston” universitetida ilk oʼquv yilining boshlanishi munosabati press-tur tashkil etildi.

Joriy yilning 19-oktyabr kuni “Yangi Oʼzbekiston” universitetining taqdimoti, davra suhbati va oʼquv binosi hamda talabalar turar-joyi boʼylab press-tur tashkil etildi.

Universitetda ilk oʼquv yilining boshlanishi munosabati bilan18-23–oktyabr kunlari tanishtiruv haftaligi oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur hafta davomida talabalarga oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar, fan oʼqituvchilari, dars jadvallari, baholash meʼzoni, universitet tartib-qoidasi, shuningdek “Yangi Oʼzbekiston” taʼlim portali (Intranet) bilan tanishtiriladi.

Maʼlumot oʼrnida, “Yangi Oʼzbekiston” universitetiga kirish imtihoni Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yilning 6 sentyabr kuni boʼlib oʼtib, unda saralash bosqichidan muvafaqqiyatli oʼtgan 1213 nafar nomzod ishtirok etdi. Imtihonlarning 1-bosqichi – saralash jarayonlarida jami 6000 dan ortiq talabgorlar roʼyxatdan oʼtgan.
2021-2022 oʼquv yilida mazkur universititetga quyidagi yoʼnalishlarga qabul boʼlib oʼtdi:
- Mexanika muhandisligi;
- Kimyo muhandisligi;
- Dasturiy taʼminot muhandisligi.
Imtihon natijalariga koʼra 200 nafar talaba qabul qilindi.