Yangi o‘quv yilida yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi

Xalq ta’limi vaziri yangi o‘quv yilidan boshlab maktab formasi majburiy bo‘lmasligini ma’lum qildi. Mazkur tartib 2025-yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Shuningdek, avgust oyidan boshlab har bir tuman va shahar markazida aholi uchun qulay joylarda maktab formasi savdosi va maktab yarmarkalari tashkil etiladi.

Kam ta’minlangan oilalarga hokimliklar tomonidan mahalliy budjetdan qo‘shimcha mablag‘lar hamda maktab formasi sotib olish uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftarlari”, “Yoshlar daftarlari” mablag‘lari ajratiladi.