«Yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz» – Prezident

Yigʼilishda 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarurligi koʼrsatib oʼtildi. Bu maqsadda 2023-yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi.

Kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi.

"Bu tizim bizda hozirgacha boʼlmagan. Loʼnda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz", - dedi Prezident.

Bogʼchalar sonini koʼpaytirish, ulardagi taʼlim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash boʼyicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Bogʼcha qamrovini kengaytirish boʼyicha xususiy sektorga qoʼshimcha sharoitlar yaratiladi.