Yanvar oyida qiymati 3,1 mln dollarga teng boʼlgan 122 ta elektromobil import qilingan

Davlat statistika qoʼmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar oyida Oʼzbekiston 3 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 122 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 70 taga oshgan.

Yanvar oyida Oʼzbekiston asosan Xitoy, Estoniya va Germaniya davlatlardan elektromobillarni import qilgan.

Xitoy – 119 ta
Estoniya – 2 ta
Germaniya – 1 ta