«Yashil texnologiyalar va vodorod energetika sohasi» boʼyicha hamkorlik Memorandumi imzolandi

“Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida o’tkazilayotgan “InnoWeek.Uz-2022” Xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida bugun, 18-oktabr kuni bir nechta Anglashuv Memorandumlari va Hamkorlik Bitimi imzolandi.
Jumladan, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbduraxmonov va “Mitsubishi Heavy Industries EMEA, Ltd.” kompaniyasi ijrochi direktori Kentaro Xosomi oʼrtasida “Yashil texnologiyalar va vodorod energetika sohasi boʼyicha hamkorlik”ni koʼzda tutvchi Аnglashuv Memorandumi imzolandi.
Hamda, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To’ychiyev va Shanxay Hamkorlik tashkiloti Texnologiyalar transferi Markaziy direktori janob Djao Chunyuan o’rtasida “Texnologiyalar transferi sohasida hamkorlik”ni ko‘zda tutuvchi Anglashuv Memorandumi imzolanadi.
Shuningdek, Yashnabod Texnoparki direktori Shahobiddin Sharifov va Interlab direktori janob Kang o’rtasida “Yashnabod texnoparkida turli yo‘nalishlarda labaratoriyalar tashkil etish”ni ko‘zda tutuvchi Hamkorlik Bitimi imzolandi.






