Yelizavetta II o’z taxt vorisini e‘lon qildi

Qirolicha Yelizavetta II o'z hukmronligining 70 yilligiga bag'ishlangan murajaatida Kornuoll gersoginiyasi Kamillaning qirolicha konsorti (turmush o’rtog’i) unvoniga ega bo'lishini "samimiy tilagi" ekanligini ta’kidlab o’tdi.
“Vaqti kelganda, oʻzining sadoqatli xizmatini davom ettirayotgan Kamilla qirolicha turmush oʻrtogʻi deb atalishini chin dildan istayman”, — deyiladi 6 - fevral kunidagi murojaatda.
Kamilla malika konsort sifatida tanilishi haqida takliflar bo'lgan edi, ammo qirolichaning e'loni uning kelajakda qirolicha Kamilla sifatida tanilishiga yo'l ochib bermoqda.
Qirolichaning 1952 - yilda taxtga o'tirishiga bag'ishlangan murojaati Kornuoll gersoginiyasining kelajakdagi unvoni aniq belgilab berib ortiqcha mish-mishlarga barham berdi.






