Yevropa Ittifoqi rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Bugun, 17-fevral kuni YeI yetakchilari norasmiy yig‘ilish o‘tkazib, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni muhokama qiladi, – deydi YeI kengashi prezidenti vakili.
– Uchrashuv Yevropa Ittifoqi-Afrika Ittifoqi (AI) sammiti oldidan bo‘lib o‘tadi, – dedi Barend Leyts.
Bugun YeI-AI sammiti ya’ni Yevropa Kengashi a’zolarining Rossiya-Ukraina bilan bog‘liq so‘nggi voqealar bo‘yicha bir soatlik norasmiy yig‘ilishi bo‘ladi.
Shu oxirgi oylarda Moskva va Kiyev o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda, AQSH boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiya bosqinining yaqinlashib kelayotgani haqida ogohlantirmoqda. Kiyev, Vashington va ularning ittifoqchilari Rossiyani Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda 100 mingdan ortiq qo‘shin to‘plaganlikda ayblab, xavotir ko‘tardi.
Moskva esa NATOni Rossiya chegaralarigacha kengayib, uning xavfsizligiga putur yetkazayotganlikda aybladi. Moskva o‘zining sobiq sovet qo‘shnisiga hujum qilishga tayyorlanayotganini bir necha bor rad etib, qo‘shinlar u yerda mashg‘ulot o‘tkazish uchun kelganini ta’kidlamoqda.






