Yevropada qishki harorat normadan sezilarli darajada yuqori bo‘lishi mumkin

Bloomberg xabariga ko’ra, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriluvchi va atrof-muhitni o‘rganuvchi Kopernik tahliliy markazi kelayotgan qishda Yevropada harorat normadan sezilarli darajada yuqori bo‘lishini prognoz qildi.
Mavsumiy prognozga ko‘ra, bu qishda Yevropaning barcha hududlarida anormal isish kutilmoqda.
Oxirgi oyda havoning iliq bo‘lishiga ishonch ortdi. G‘ayritabiiy yuqori harorat tabiiy gazga bo‘lgan talabni kamaytirishi mumkin, — deyiladi tadqiqotda.
Qayd etilishicha, qulay ob-havo sharoiti tufayli Yevropada 2022-yil oxirigacha, hatto 2023-yilning “sovuq” boshlanishi ehtimoldan yiroq bo‘lmagan taqdirda ham, ichki talabni qondirish uchun energiya resurslari yetarli bo‘ladi.






