Yigʼilishda "mahallabay" ishlashning yangi tizimini yoʼlga qoʼyish bilan bogʼliq masalalar muhokama qilinmoqda

Endilikda hokim yordamchilari, eng avvalo, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti ogʼir oilalarni oʼqitish va oʼz ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xoʼjaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish masalalari bilan shugʼullanadi.
Hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka oʼrgatish orqali ularni kambagʼallikdan chiqarishi lozim.
Bu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trillion soʼm imtiyozli kredit va 2,5 trillion soʼm subsidiya ajratiladi (har bir mahallaga oʼrtacha 1,3 milliard soʼm).






