Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 16 mingdan ortiq avtomobil import qilingan

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʼzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 395,9 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 16 308 ta yengil avtomobil import qilgan.

Avtomobillar asosan, Xitoy (7,3 ming), Koreya Respublikasi (4,5 ming), Qozogʻiston (2,9 ming), Rossiya (1,2 ming) va boshqa mamlakatlardan (445 dona) import qilingan.