Yozgi Olimpiada g'oliblari 200 ming dollarigacha pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi

Prezident qaroriga binoan Tokioda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari g'oliblariga 200 ming AQSh dollarigacha bo'lgan pul mukofoti beriladi.

Olimpiya o'yinlarning g'olib va ​​sovrindorlari bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:
Oltin medal uchun sportchilarga 200 ming AQSh dollari beriladi;
Kumush medal uchun sportchilarga 100 ming AQSh dollari beriladi;
Bronza medal uchun sportchilarga 50 ming AQSh dollari beriladi.
Barcha xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ta'kidlash joizki, bunday tashabbus sportchilarimizni Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishga stimullashtiradi hamda O'zbekistonda sport rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.