Yulduzlar Britaniyadagi xayriya konsertida Ukraina uchun 16 million dollar yigʼishdi

Britaniyada estrada yulduzlari Ed Sheeran, Kamila Kabello, Nile Rodgers va Emeli Sande ishtirokidagi telekonsert orqali Ukraina uchun 12,2 million funt sterling (16 million dollar) yigʼildi.
Mablagʼlar Favqulodda vaziyatlar qoʼmitasi xayriya tashkiloti tomonidan toʼplangan. Birmingemdagi ikki soatlik shouda Snow Patrol, Bekki Xill, Gregori Porter, Paloma Feyt, Tom Odell, The Manic Street Preachers va ukrainalik xonanda Jamala kontsertda "1944" qoʼshigʼi bilan chiqish qilishdi.






