Zaʼfaron yetishtirish boʼyicha investitsiyaviy loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida zaʼfaron yetishtirish va qayta ishlash boʼyicha investitsiyaviy loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda kompaniya mutaxassislari va italiyalik olimlar bilan hamkorlikdagi mehnatning yana bir natijasi namoyon boʼldi: 2020-yilning oktabr oyida Italiyadan olib kelib ekilgan piyozboshlar koʼpaytirish va qayta ekish uchun kavlab olina boshlandi.

Yevropalik mutaxasisslar Oʼzbekistonda unib- oʼsgan ushbu piyozboshlarning har donasi odatdagidek 4-5 dona emas, balki 10-15dan ziyod koʼpayganligini taʼkidlamoqdalar.

Buni oʼziga xos rekord deb atash mumkin. Chunki, zaʼfaron hosili bir necha barobar ortishi ona zaminimizning oltinga teng tuprogʼi va barakasidan dalolat beradi.

Eslatib oʼtamiz, kompaniyamiz strategiyasiga muvofiq, 2025-yilga kelib, zaʼfaron plantatsiyasi maydonlarini 2200 gektarga, hosilni esa 20 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.