Bayden rejasi harajatlari soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi

Baydin davrida АQSh mehnat bozori qanday boʼladi? Yangi prezident oʼz rejasini taqdim etdi
АQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat infratuzilmasini modernizatsiya qilish va mehnat bozorini rivojlantirish boʼyicha qariyb 2 trilion dollardik qiymatdagi rejani taqdim etdi. Mazkur rejaga koʼra yana millionlab ish oʼrni yaratishi lozim.
Bu esa Аmerika iqtisodiyotini yanada rivojlantirish bilan birga Xitoy bilan raqobatlashaolish imkonini ham beradi.
The Washington Post gazetasining yozishicha Baydenning rejasida transport tizimini rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, turli sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini qoʼllab-quvvatlash, toza energiya manbaalaridan foydalangan holda iqlim oʼzgarishlari bilan bogʼliq muammolarni bartaraf etish loyihalariga sarmoyalarni yoʼnaltirish nazarda tutilgan. 
Bayden taklif etayotgan rejasining moliyaviy manbaasi haqida ham maʼlumot bergan. Unga koʼra soliqlar, korporativ daromadlarni oshirish va buning nazoratini qatʼiy yoʼlga qoʼyish orqali harajatlarni qoplash mumkin deb hisoblamoqda.
Baydenning taʼkidlashicha “Amazon” kabi 90 ta yirik kompaniya bir foiz ham soliq toʼlamaslik uchun turli yoʼllarni ahtaradi. Fermerlar va oʼqituvchilar esa 22 foizgacha soliq toʼlaydi. 
Shunga koʼra Bayden ayni kunda 21 foiz boʼlgan korporativ soliqni 28 foizga koʼtarishni ilgari surmoqda.