EMAN MATERIALS CHINOBOD O’Z ESHIKLARINI OCHMOQDA

Joriy yilning 10 aprelida yangi EMAN Materials Chinobod innovatsion shou-rumining ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

EMAN Materials - mebel va yog'ochni qayta ishlash sanoatining O'zbekiston bozoridagi eng yirik kompaniyalaridan biri sanaladi. Kompaniyaning assortimentiga yog'ochni kesish uchun asboblar, yuqori sifatli chekka va sarf materiallari, yelimlar, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, shuningdek, sun'iy toshdan yasalgan mebel jihozlari va yuvish vositalari kiradi.

Shou-rumning ochilishida yuqori sifatli materiallar va Sizning mebelingiz uchun eng zamonaviy va noyob yechimlar namoyish etildi!

Shu kuni mehmonlar EMAN Materials bilan hamkorlik qiluvchi turli xalqaro kompaniyalar bilan tanishdilar.

Shou-rum taqdimotidan tashqari, tadbir mehmonlari turli tanlovlarda, lotereyalarda va o’yinlarda ishtirok etdilar. Bularning barchasi yoqimli musiqa va mimlarning pozitiv kayfiyati bilan birgalikda bo’lib o’tdi.