RAVSHAN ERMATOV MILLIY OLIMPIYA QO'MITASINING BIRINCHI VITSE PREZIDENTI ETIB SAYLANDI

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida navbatdan tashqari saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo'mitasi birinchi vitse-prezidenti lavozimiga yangi nomzodni saylash bo’ldi.
Ermatov Ravshan Sayfuddinovich Milliy olimpiya qo'mitasining birinchi vitse-prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ko'rsatildi. Ermatov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi va Kengash a'zolari tomonidan saylandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.