Qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatida 25 mingdan ortiq ish o'rinlari yaratiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni videoselektor yig'ilishi chog’ida qishloq joylarda qurilish materiallari, mebel, uy-ro'zg'or buyumlari, to'qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish muhim ekanligini ta’kidlab o’tdi.
So'nggi yillarda mamlakatimizda qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobar oshdi, ammo shu bilan birga, 1 mlrd. dollarlik qurilish materiallari import qilindi. Bu esa ichki bozorda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti hozirgi talabga javob bermasligini ma'lum qilmoqda.
Mamlakatimizda ko'plab uylar, fabrikalar va korxonalar, ijtimoiy obyektlar qurilmoqda. Bu qurilish materiallari va tegishli tarmoqlarning mahsulotlariga bo'lgan talabni oshiradi.
Shu munosabat bilan yig'ilishda mahalliy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qurilish materiallari sanoatida qiymati 5 mlrd. dollarga teng mingdan ortiq yangi loyihalar shakllantirildi. 25 mingdan ortiq ish o'rinlarini yaratish rejalashtirildi.