Turkmaniston rasmiylarini O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakat tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida to‘xtalib o‘tib, qator takliflarni ilgari surdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Vazir yig‘ilish davomida 22-sentabr kuni Dashoguz viloyati delegatsiyasini Xorazmga yuborish hamda Lebap viloyati rasmiylarini Buxoroga jo‘natish taklifini berdi.

«Maqsad ikki davlat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash», deb ta'kidladi Rashid Meredov.

Berilgan taklif Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan ma'qullandi.