Bankrotga uchragan jismoniy shaxs qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash amaliyoti joriy etildi

Amaldagi “Bankrotlik toʼgʼrisida”gi Qonun oʼrniga yangi tahrirdagi “Toʼlovga qobiliyatsizlik toʼgʼrisida”gi qonun qabul qilindi.
Unga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Eng avvalo Qonun mazmunan kengaytirilib, “bankrotlik” atamasi “toʼlovga qobiliyatsizlik” atamasi bilan almashtirildi.
Qonun ishbilarmonlik muhiti hamda Jahon bankining hisobotidagi “Toʼlovga qobiliyatsizlikni hal etish” koʼrsatkichini yaxshilash boʼyicha normalarni oʼz ichiga oladi.
Shuningdek, unga nafaqat yakka tartibdagi tadbirkor, balki umuman jismoniy shaxsning toʼlovga qobiliyatsizligi amaliyoti ham kiritilgan.
Bundan tashqari jismoniy shaxsning toʼlovga qobiliyatsizlik amaliyoti joriy etilib, qarzni boʼlib-boʼlib toʼlash tartibi joriy etilmoqda.
Qarzdorning toʼlov qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklari, moliya tashkilotlari va boshqa manbalarning mablagʼlarini jalb etish ham belgilanmoqda.
Koʼrilgan masalalar yuzasidan qoʼmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.






