Ayollar Polo klublarining ochilishi

28-iyul kuni "Piramit Tower" savdo ofisida Bibihonim va Barchinoy Koc Group ayollar Polo-klublari ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Ushbu jamoalar O'zbekistonda Polo sport turi bo'yicha birinchi faol ayollar jamoalari.
Bundan tashqari, mazkur yo'nalishda O'zbekiston Respublikasi Yakkasaroy tumani va Polo Federatsiyasi o'rtasida memorandum imzolandi.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizda ushbu sport turi bir necha yil oldin jadal rivojlana boshladi. Birinchi erkaklar jamoalari bugungi kungacha musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.






