Turkiy Kengash Bosh kotibi Istanbuldagi 12-xalqaro Transport va aloqa forumida ishtirok etmoqda

Turkiy Kengashi Bosh kotibi Bagdad Amreyev Istanbulda o'tkazilayotgan 12-xalqaro Transport va aloqa forumida ishtirok etmoqda.

Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro forumda, 25ta davlatning Transport va aloqa mas'ul vazirlari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi uyushmalar vakillari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida, Bagdad Amreyev Turkiya transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailoglu, Ozarbayjon transport va oliy texnologiyalar vaziri Rashad Nabiyev bilan 14-oktabr kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan transport hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan 5-yig‘ilishni muhokama qilishdi.