Samarqand xalqaro aeroporti davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilinadi

Joriy yilning 23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida “Air Marakanda” MChJ XK va “Uzbekistan Airports” AJ o‘rtasida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasining davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash bo‘yicha marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Transport vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ, “Air Marakanda” MChJ XK va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.
Mazkur bitim ko‘ra “Samarqand” xalqaro aeroportida tashishning va ularga xizmat ko‘rsatish tizimi ta'milanadi. Aeroportni boshqarish sohasiga yetakchi xalqaro kompanyalarni jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.






