Dunyoning eng badavlat 25 oilasi e’lon qilindi

Ularning umumiy boyligi $1,7 trln teng.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng boy oilalar reytingida Walmart ulgurji va chakana savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan Uolton oilasi birinchi o‘rinni egalladi. Agentlik uning boyligini $ 238,2 mlrd baholadi.

Walmart 1962-yilda Sem Uolton tomonidan tashkil etilgan. Dunyo bo‘ylab do‘konlar soni 10,5 mingdan oshadi, kompaniyaning daromadi $559 mlrd tashkil etadi. Uoltonlar oilasi tarmoqning 48% aksiyalariga egalik qiladi.

Dunyoning eng boy 10 ta oilasi ro‘yhati bilan tanishing:
- Marslar oilasi, Mars egalari, qandolat va uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaradi - $141,9 mlrd;
- Koxlar oilasi, AQShning Koch Industrues neft-kimyo korporatsiyasi egalari - 124,4 mlrd;
- Ermelar oilasi, fransuz moda uyiga egalik qiluvchi Hermes egalari - $111,6 mlrd;
- Saudiya qirolli oilasi Al Saud - $100 mlrd;
- Ambanilar oilasi, Reliance Industries, Hindiston neft qazib olish va qayta ishlash xoldingi egalari - $93,7 mlrd;
- Vertgeymerlar oilasi, Shanel fransuz moda uyi egalari - $61,8 mlrd dollar;
- Jonsonlar oilasi, AQShning aktivlarni boshqarish kompaniyasi Fidelity Investments egalari - $61,2 mlrd dollar;
- Tomsonlar oilasi, Thomson Reuters media kompaniyasi egalari - $61,1 mlrd dollar;
- Bohringerlar oilasi, Germaniyaning Boehringer Ingelheim farmatsevtika kompaniyasi egalari - $59,2 mlrd dollar.

Reytingga jami 25 ta oila kiritilgan.

Ular orasida Germaniyaning Albrextlar oilasi ($51 mlrd), Este Lauder kosmetika brendining egalari ($49,3 mlrd), Fransiyaning savdo giganti Auchanga ($45,9 mlrd) egalik qiladigan Myulyelar oilasi, BMW egalari Kvandtlar oilasi ($42,3 mlrd) joy olgan.