Abdulaziz Kamilov Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi

2021-yil 21-sentyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va USAID o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi vaziyat va mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatishning ahamiyati xususida fikr almashildi.

Mamlakatda sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohasidagi dasturlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, O‘zbekistonning "COVID-19"ga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.