Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Yoshlar akademiyasi Startap loyihalar tanlovini e'lon qiladi!

"Bo'lajak olim" tanlovining 2 mavsumida yosh olimlarning startap loyihalarga arizalar qabul qilinadi.

Startap loyihalarga shartlar:

- biznes-modeli yoki biznes-reja mavjudligi;

- loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat'iy nazar 40 yoshdan oshmasligi kerak;

- 1 loyihada 1 jamoaning ishtiroki (jamoa a'zolarining soni 5 kishidan oshmasligi kerak);

- startap loyihalarni amalga oshirishning maksimal muddati-bir yilgacha;

- Ilmiy loyihalar startap o'rnida qabul qilinmaydi.

Startap loyihalar bo'yicha takliflar joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi.