2022 yilda muqobil energetika sohasida kadrlar tayyorlash markazi tashkil etiladi

Davlatimiz rahbari energetika sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash dolzarb masala ekanini ta'kidladi.
-Barchamiz yaxshi tushunamizki, "Yashil iqtisodiyot" va qayta tiklanuvchi energiya manbalari XXI asrda barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ilm-fan, ta'lim, zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalari energetika sohasida dolzarb ahamiyatga ega.
Ushbu yo'nalishda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish uchun joriy yil boshida Energetika vazirligi huzurida qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etdik.
Bundan tashqari, poytaxtimizda Moskva energetika institutining filiali ish boshladi.
Bu sohada loyihalash, qurilish-montaj, ekspluatatsiya va ta'mirlash ishlari yo'nalishlari bo'yicha mingdan ortiq yuqori malakali texnik xodim talab etiladi.
2022 yildan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Navoiy shahrida muqobil energetika sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etiladi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.






