30 avgustdan Toshkent metropoliteni soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi

Yangi jadvalga ko'ra, poezdlar 07:30 dan 09:00 gacha Chilonzor va Sergeli yo'nalishlari bo'yicha 3 daqiqa oralig'ida, O'zbekiston bo'yicha 4 va Yunusobod yo'nalishlari bo'yicha 6 daqiqa oralig'ida harakatlanadi.

Harakat oralig'i 16:30 dan 19:00 gacha Chilonzor va Sergeli yo'nalishida 4 daqiqa, O'zbekiston yo'nalishida 5 daqiqa va Yunusobod yo'nalishida 7 daqiqa bo'ladi. Bu haqda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.