Louis Vuitton va Dior egasining aksiyalari tarixda eng yuqori darajaga ko'tariladi

Kuni kecha kompaniya moliyaviy hisobotlarni e'lon qilindi, unda 2020 yil yanvar-mart oylariga nisbatan sotuv hajmi 30 foizga oshgani aytilmoqda. Reuters xabar berishicha, hisobot davrida LVMH kompaniyalari guruhining aksiyalari chorshanba kuni eng yuqori darajaga ko'tarildi. Kompaniyaning qimmatli qog’ozlari Parijda 613,9 yevrodan sotildi, bu esa avvalgi sessiyaning yopilish narxiga 3,2% qo'shilganini ko’rsatdi. Moskva vaqti bilan soat 11:53 da LVMH aksiyalari 612,5 evroga teng edi, kompaniyaning ayrim ko'rsatkichlari pandemiyadan oldingi ko’rsatkichlardan ham oshib ketdi. 2021 yilning birinchi choragida kompaniyaning daromadi deyarli 14 milliard yevroni tashkil qildi, bu JPMorgan prognozlariga qaraganda 9 foizga yuqori, deya qayd etadi Reuters. Valyuta kurslarining o'zgarishi va Tiffany zargarlik kompaniyasini sotib olganligini hisobga olmaganda kompaniyada organic sotuv oshdi, 2020 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 30%ni va 2019 yil birinchi choragiga nisbatan 8%ni tashkil qildi. Agentlikning ma'lumotlariga ko'ra, LVMHning bunday tez tiklanishi, xususan, “kovidga qarshi cheklovlarning yumshatilishidan foydalangan” xitoylik va amerikalik mijozlar bunga asosiy sabab bo’ldi.