Senat O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifining sanasi va dasturini e'lon qildi

2021 yil 13-16 aprel kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi T.Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida (Moskva va Sankt-Peterburg) bo'ladi.

Moskvaga tashrifi davomida O'zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi Raisi V.Matviyenko va Davlat Dumasi Spikeri V.Volodin bilan uchrashuvi ko'zda tutilgan.

2021 yil 15-16 aprel kunlari delegatsiya a'zolari Sankt-Peterburg shahrida bo'lishlari va MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.