FACEBOOK o'z shtab-kvartirasida COVID-19 ga qarshi vaksinatsiya markazini yaratadi

Facebook shtab-kvartirasining bir qismini koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish markaziga aylantiradi. Google, Amazon va Disney ham o'z infratuzilmasidan vaksinatsiya uchun foydalanishga qaror qilishdi.
 
Facebook Kaliforniya shtati Menlo Park shahridagi shtab-kvartirasining bir qismini koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish markaziga aylantirmoqda. Bu haqda kompaniya operatsion direktori Sheril Sendberg Facebookda ma’lumot berib o’tdi.
 
Ravenswood Family Health Network tibbiyot markazi Facebook ning sherigiga aylanadi. Kompaniya pandemiya bilan eng ko'p zarar ko'rgan aholi qatlamlariga vaksinatsiya bilan yordam ko’rsatishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Facebook shtatning eng ko'p zarar ko'rgan to'rtta mintaqasida mobil klinikalarni qo'llab-quvvatlash uchun Kaliforniya hukumati va mahalliy notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga qaror qildi.
 
"Mamlakatda COVID-19 ga qarshi vaksinalarni qo’llash tobora ortib borayotganligi sababli, agar biz muvaffaqiyatlarga erishishda davom etsak yanada kuchayishi mumkin bo’lgan umid uchqunlarini ko’rmoqdamiz”, - deb yozadi Sendberg. 
Facebook bilan bir qatorda, Google, Amazon va Disney kabi kompaniyalar ham vaksinatsiya uchun o'z infratuzilmalaridan foydalanishga qaror qilishdi.