Tashqi ishlar vaziriga oʼrinbosar tayinlandi

Prezidentimiz farmoniga koʼra Hayrat Fozilov Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari etib tayinlandi.Gʼ.Fozilov 1996 yildi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamoalagan. Shu yildan Tashqi ishlar vazirligida attashe sifati ish boshlagan. Keyinchalik esa vazirlik markaziy apparti va xorijiy vakolatxonalarida turli lavozimlarda, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida faoliyatini davom ettirgan.2015-2017 yillarda esa Tashqi ishlar vaziri oʼrinbosari lavozimida ishlagan. 2017 yil 21 dekabrdan shu kungacha Oʼzbekistonning Yaponiyadagi favqulotda va muhtor elchisi sifatida faoliyat yuritgan.Eslatib oʼtamiz joriy yilning 24 mart kuni Tashqi ishlar vaziri oʼrinbosari Sherzod Аsadov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari oʼrinbosari, Prezident matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan edi.