Ijtimoiy loyihalar, hamkorlik va xalqaro eʼtirof

Xabar berilganidek, yurtimizdagi birinchi raqamlashtirilgan “TBC” bank tomonidan yangi "Ornaments" ijtimoiy loyihasining taqdimoti oʼtkazildi. Mazkur jarayonda “Bright Uzbekistan” loyihasi ijodiy jamoasi ham ishtirok etdi.

Ushbu jarayonida bankning kuzatuv kengashi raisi Nikolaz Kurdiani hamda “Bright Uzbekistan” loyihasi asoschisi Davron Аbdull
aev oʼrtasida qisqa muzokaralar boʼlib oʼtdi.

N.Kurdiani bugungi loyiha milliy ramzlarni patentlash orqali Oʼzbekiston imidjini yanada oshirishga xizmat qilishni taʼkidladi. Bunda esa ommaviy axborot vositalari, xususan, “Bright Uzbekistan” kabi xalqaro platformalarning xizmati va ahamiyati alohida ekanligiga toʼxtaldi.

Oʼz oʼrnida Davron Аbdullaev ham xalqaro loyihaning maqsad va vazifalariga qisqacha toʼxtalib, “TBC” bank bilan yaqin hamkorlik qilish har ikki tomon uchun manfaatli ekanligini aytib oʼtdi.

Qisqa muzokaralar davomida kelgusidagi rejalar va amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar xususida kelishib olindi.

Unga koʼra “Bright Uzbekistan” platformasi “TBC” bankning xalqaro miqiyosidagi faoliyatini doimiy ravishda yoritib boruvchi axborot hamkori sifatida faoliyat yuritadi.
Video selektor muhokamsidagi masalalar yuzasidan tarmoq va hudud rahbarlari hisobotlar taqdim etdi. 
Muhokama va tahlillardan kelib chiqib shahar va tuman hokimlariga har bir mahallani rivojlantirish dasturini ishlab chiqib va mahalliy kengashga tasdiqlatish hamda uni amalga oshirish boʼyicha vazifalar yuklandi.