Ramazon oyi karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʼtkaziladi

Bu yilgi ramazon oyining 13 apreldan boshlanishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak ramazon oyini munosib oʼtkazish toʼgʼrisida”gi farmoni imzolandi. Unga koʼra mazkur oyni diniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, shu bilan birga karantin qoidalariga amal qilgan holda oʼtkazilishi belgilandi. Bu haqda Аdliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.