Yevropаdа kаsаllаnish yanа ortmoqdа

Soʼnggi 24 soat ichida Yevropa mamlakatlarida 23 ming 681 ta COVID-19 bilan kasallanish holati aniqlandi. Mart oyida kuniga 5-6 ming bemorlar qayd etilgan. Shu bois Yevropa mamlakatlari virusning uchinchi toʼlqini doirasida cheklovlarni yanada kuchaytirmoqda. 
Masalan Berlinda 31 martdan boshlab asosiy jamoat joylarida yurish uchun tekshiruvdan oʼtgan boʼlishi talab etilmoqda. Undan tashqari himoya niqoblaridan foydalanish ham qatʼiy nazoratga olingan. 
Аvstraliyada esa 7 apreldan boshlab qattiq cheklovlar joriy etilmoqda. Chunki, mamlakatda har kuni 3 dan ortiq kasallanish holatlari aniqlanmoqda.
Frantsiyada esa bundanda qiyin vaziyat yuzaga kelmoqda. 29 mart kuni intensiV terapiyada davolanayotgan bemorlar soni 5 mingdan ortdi. Bu koʼrsatgich oʼtgan yilning oxiridagi raqamlarga nisbatan ancha koʼp.
Italiya esa 15 martdan boshlab “qizil hudud” deb eʼlon qilindi. Chunki, kasallanish 100 mingdan 250 mingga ortgan.