MDHga a'zo davlatlarning buxgalteriya hisobi bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi

MDHga a'zo davlatlarning buxgalteriya hisobi bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengashining (keyingi o'rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash) XVII yig'ilishi videokonferentsiya shaklida bo'lib o'tdi. Muvofiqlashtiruvchi kengash 2000 yil 25 maydan beri ishlaydi va 2020 yilda o'zining 20 yilligini nishonlaydi.

Muvofiqlashtiruvchi kengashning XVII yig'ilishida Muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolari - buxgalteriya hisobi va audit masalalarini tartibga soluvchi MDHga a'zo davlatlar tomonidan vakolat berilgan organlarning vakillari (Ozarbayjon, Belorusiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, O'zbekiston, Tojikiston) va MDH Ijroiya qo'mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash ishida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Muvofiqlashtiruvchi kengashning XVII yig'ilishida buxgalteriya hisobi va auditning dolzarb masalalari, jumladan Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari va xalqaro audit standartlarini qo'llash tajribasi, shuningdek, MDHga a'zo davlatlarda milliy buxgalteriya hisobi va auditorlik tizimlarini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash ko'rib chiqilgan barcha masalalar bo'yicha tegishli qarorlarni qabul qildi.

Manba: https://www.mf.uz/ru