Shаvkаt Mirziyoev sаlmoqli tаkliflаrni ilgаri surdi, prezidentlаr qoʼllаb-quvvаtlаdi

Turkiy kengashning norasmiy oʼtgan sammitida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham soʼz oldi. U oʼz nutqida asosiy eʼtiborni iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, buning uchun esa aniq strategiyani ishlab chiqishni taklif etdi. Savdo, investitsiya, kooperatsiya va transport aloqalarini tiklash va rivojlantirish,buning uchun elektron tijorat va raqamli texnologiyalarni joriy etish, bunda ishbilarmonlar imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maslalari strategiyaning bosh maqsadi boʼlishi lozimligini taʼkidladi. Bu ayni kunda ham davom etayotgan pandemiya oqibatlarini yengib oʼtishda muhim ahamiyat ega ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyov Kengashga aʼzo mamlakatlaraor ziyorat turizmini rivojlantirish ahamiyatga ega ekanligiga ham toʼxtaldi. Buning uchun “Tabarruk ziyorat” loyihasi asosida muqaddas qadamjolarga sayyohlar oqimi koʼpaytirish iqtisodiy manfaatdorlikni taʼminlash bilan birga maʼnaviy qadriyatlar va anʼanalar targʼibotida ham muhim rol oʼynashini aytib oʼtdi.
Sammit ishtirokchilari Oʼzbekiston Prezidentining barcha tashabbuslarini qoʼllab-quvvatladilar.