1-apreldan boshlab aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun haq to`lanadi

Elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

1-apreldan boshlab aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilishicga, jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib elektr ta’minoti korxonasiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablag‘lar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.