1-dekabr Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

1989-yilning 1-dekabr kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu til turk tillari oilasining qipchoq guruhiga kiradi. U qozoq va noʻgʻoy tillariga yaqin. Bugungi kunda 400 ming kishidan koʻproq aholi vakillari qoraqalpoq tilida muloqot qiladi.

Manbaalarda qayd etilishicha, Qoraqalpoq yozuvi 1928-yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan, keyinchalik lotin alifbosiga oʻtgan. 1940-yilda kirill yozuviga oʻtkazilgan boʻlsa, 1994-yilda lotin alifbosi qaytadan joriy etilgan.