1-fevraldan nimalar o’zgaradi?

Joriy yilning 1-fevralidan O’zbekistonda “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi. Qiymati 100 million so'mgacha zargarlik buyumlarini bojxona deklarasiyasini to'ldirmasdan olib chiqish mumkin bo’ladi.

Shuningdek:

    Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YTTlarga bank kafolati beriladi;
    Pedagog kadrlar tayyorlashda xalqaro doiradagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi;
    Ayrim postlarda "Yashil" va "Qizil" tamoyili asosida avtotransportlar harakatlanishi yo'lga qo'yiladi;
    Kasanachilikni kengaytirish uchun hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi.