1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bolalarning yuzidagi tabassum - inson nigohini quvontiruvchi eng ajoyib tuyg'u. Bu tabassumda olam-olam samimiylik va ishonch mujassam. Go’dakning yoqimli kulgusi har qanday muammoni bartaraf etishga, ko’ngilsizlikni unutishga, qiyinchiliklarni kechib o’tib, yana olg’a intilishga undaydi.

Dunyoning eng betakror va yoqimli mo’jizasi bo’lgan beg’ubor tabassum egalari, jajji kichkintoylarimiz sizlarni bugungi bayram bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Qalbingizdagi mehr, yuzingizdagi quvonch va eng baxtli bolalik onlaringiz davomiy bo’lishini tilab qolamiz!