1-iyundan gʼallani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga oʼtiladi

Shuningdek, fermer va klasterlar oʼzlari yetishtirgan gʼallani birja savdolariga olib chiqishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi.
“Bir soʼz bilan aytganda, davlat don korxonalaridagi ayni paytdagi eskicha tizim don yetishtiruvchiga ham, qayta ishlovchi korxonalarga ham manfaat bermayapti.
Shu bois, qishloq xoʼjaligi islohotlarini boshlagan davrimizda don yetishtirishda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilish va haqiqiy gʼalla bozorini yaratishni bundan uch yil oldin eʼlon qilgan edik.
Bugun xalqimiz, fermer-dehqonlarimiz anchadan buyon kutgan ushbu islohotlarimizning yangi bosqichini boshlaymiz. Qanchalik qiyin boʼlmasin, 1-iyundan boshlab gʼallani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga oʼtamiz.
Shuningdek, fermer va klasterlar oʼzlari yetishtirgan gʼallasini birja savdolariga olib chiqishlari uchun ham barcha imkoniyatlar yaratiladi”, dedi Prezident.
Bunda, eng avvalo, davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bugʼdoy narxi oʼtgan yildagi 1 million 550 ming soʼmdan joriy yil hosili uchun 3 million soʼmga, yaʼni 2 baravarga oshirilishi maʼlum qilindi.






