1-martdan 6 ta yangi yoʼnalishda parvozlar yoʼlga qoʼyiladi

Prezident qaroriga koʼra, mart oyidan hududlarni bir-biri bilan oʼzaro bogʼlash maqsadida 6 ta yangi yoʼnalishlarda muntazam aviaqatnovlar faoliyati boshlanadi. Parvozlar Samarqand — Nukus, Samarqand — Moʼynoq, Samarqand — Termiz, Buxoro — Termiz, Namangan — Termiz va Namangan — Nukus yo’nalishlarida amalga oshiriladi.
Shuningdek, Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlar tiklanib, Zomin aeroportiga parvozlar yoʼlga qoʼyiladi.






