1-maydan pensiya va nafaqalar 12 foizga oshiriladi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev pensiya va nafaqalarni 1-maydan 12 foizga oshirish toʼgʼrisida farmonni imzoladi.
Shuningdek:
eng kam pensiya oladigan 725 ming nafar aholining pensiyasi 14 foizga oshiriladi (440 ming soʼmdan 500 ming soʼmga);
9-may arafasida urush qatnashchilari, kontslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida boʼlgan fuqarolarga 15 million soʼmdan beriladi.
Mutasaddilarga:
yolgʼiz yashayotgan va oʼzgalar parvarishiga muhtoj odamlardan shaxsan xabar olib, ularga sovgʼa-salomlarni yetkazish;
urush qatnashchilari, kontslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida boʼlgan fuqarolarning har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovgʼalarni tantanali ravishda topshirish;
10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar olish va sovgʼa-salomlar yetkazish topshirildi.






