1-oktabrdan nimalar o'zgaradi?

Joriy yil 1-oktabrdan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga 1 milliard so'mgacha grant ajratiladi, ayrim sohalarda davlat kosmik monitoringi yo'lga qo'yiladi hamda AKT sohasidagi o'quv kurslari uchun ta'lim krediti ajratiladi.

Shuningdek:

Bolalar uchun mo'ljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha tanlov e'lon qilinadi.
Qoraqalpog'istondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilga qarz beriladi.
Ko'p kvartirali uy-joylarning zilzilabardoshligi tekshiriladi.
Bolalarning qonuniy vakillari to'g'risidagi ma'lumotlar Pensiya jamg'armasiga elektron beriladi.
AKT sohasidagi o'quv kurslari uchun ta'lim krediti ajratiladi.
Mol-mulkka taqiq qo'yilganligi to'g'risidagi elektron ma'lumotlar banki joriy etiladi.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tarbiyachilari malaka oshirish kurslarida o'qitiladi.
“Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri” yuritiladi.
Ko'zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari tashkil qilinadi.
Quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bo'lib-bo'lib to'lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi.