1 oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlangan

"Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik boʼlganini, tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz idoralari boshliqlari bilmasmi-di?", - deya savol qoʼydi davlat rahbari yig’ilishda.

Bugungi kundagi muammolarda tizimsiz ishlash, energoresurslarni talon-toroj qilish holatlari ham sabab boʼlayotgani koʼrsatib oʼtildi. Xususan, oʼtgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlangan.

Oxirgi oylarning oʼzida neftegaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korruptsiya holatlari aniqlangani ham tizim ichidan yemirilganidan dalolat beradi.

DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korruptsiyani yoʼq qilish boʼyicha alohida choralar koʼrish topshirildi.