10-dekabr kuni butun dunyoda Xalqaro inson huquqlari kuni nishonlanadi

1948-yilning aynan shu sanasida BMT Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasini qabul qilgan.
Har yili BMT tomonidan Inson huquqlari kunining shiori tanlanadi. 2021-yilda u "Tenglik - tengsizlikni kamaytirish, inson huquqlarini ilgari surish" deb nomlangan.
2021-yilning asosiy mavzulari atrof-muhitni muhofaza qilish, nizolarni bartaraf etish, tenglik, inklyuzivlik va inson huquqlarini ilgari surish orqali barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan.






