10-martdan Toshkent shahrida 2022-2023-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda

Mart oyidan havo harorati isigani va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda, 2023-yilning 10-mart kunidan 2022-2023-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganligini ma'lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘risida”gi qaroriga ko‘ra, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.