10 yanvar - Qozog'istonda milliy motam kuni

Toqaev 10 yanvar kuni butun mamlakat bo'ylab motam kuni deb e'lon qilishga qaror qildi. Bu haqda Davlat rahbarining matbuot kotibi Berik Uali ma'lum qildi.
"Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev mamlakatning bir qator mintaqalarida ro'y bergan fojiali voqealar oqibatida ko'plab insonlar qurbon bo'lgani munosabati bilan 10 - yanvar 2022-yilni umumxalq motam kuni deb e'lon qilishga qaror qildi", - deya yozadi matbuot kotibi.






